Farzandi tug‘ilishi munosabati bilan erkaklarga ish haqi saqlangan ta’til berilishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.
Mazkur qonun loyihasi bilan Mehnat kodeksiga mehnat jarayonlarida tazyiq va zo‘ravonliklarni taqiqlash, ularning oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga hamda farzandi tug‘ilishi munosabati bilan erkaklarga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda, qo‘shimcha ta’til berishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter