Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa diplomatlari Navro‘z bilan original tarzda tabrikladi

Yevropa diplomatlari Navro‘z bilan original tarzda tabrikladi

Yevropa Ittifoqi davlatlarining O‘zbekistondagi elchilari Navro‘z bayrami munosabati bilan mamlakatimiz xalqiga original tabrik yo‘lladi.

Musiqiy-badiiy lavhada Chexiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Latviya, Vengriya, Ruminiya, Slovakiya elchilari hamda Bolgariya va Ispaniyaning muvaqqat ishlar vakillari sharqona yangi yilga atab o‘zbekcha she’r o‘qigan.

YeIning yurtimizdagi elchisi Toyvo Klaar esa she’rga jo‘r bo‘lish bilan birga qo‘biz cholg‘usini targ‘ib etgan.

Diplomatlar ijrosidagi she’rda quyidagi satrlar bor:

Ona yer taftidan g‘uncha gul ochar,
Gullar qo‘shiq kuylab hidlarin sochar,
Yaproq chapak chalgach, bolari qochar,
Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!

YeI diplomatlarining mezbon mamlakatga ehtirom ramzi sifatida o‘zbek tilida tabrik yo‘llashi an’anaga aylanmoqda. Masalan, 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ham ana shunday videoqutlov yo‘llangan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring