«Eng toza mahalla» tanlovi o‘tkaziladi: g‘oliblarga — elektromobil
Prezident Farmoniga muvofiq (2024-yil 4-yanvar, PF-5-son), Ekologiya vazirligining sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlarini bajaradigan ishchilari hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi, uzoq vaqt (kamida 10 yil) va sadoqatli mehnat qilgan ishchilari uchun har yili «Tabiat uyg‘unligi himoyachisi» tanlovini o‘tkazish taklifiga rozilik berildi.
Shuningdek, endilikda har yili «Eng toza mahalla» tanlovi o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan 14 ta mahallaga Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
- mahallaning tegishli jamg‘armasiga chiqindi yig‘ish maydonchalarini qurish, mahalladagi ijtimoiy ob’yektlarga chiqindi konteynerlarini o‘rnatish va daraxtlarni ekish uchun jami 500 mln so‘mdan o‘tkazib beriladi;
- xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil xarid qilish va topshirish choralari ko‘riladi;
- sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlarini bajaradigan ishchilari hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi ishchilariga, ekofaollarga hamda jamoatchilik ekologiya nazoratchilariga Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har oy 100 tadan velosiped va boshqa mukofotlar beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter