Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan ilk kanadalik vafot etdi
Adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti laureati (2013-yil) hamda Xalqaro Buker mukofoti sovrindori (2009-yil) Elis Manro 93 yoshida vafot etdi. Globe and Mail nashri xabar berishicha, demensiyaga chalingan Manro umrining so‘nggi yillarini qariyalar uyida o‘tkazgan.
Elis Manro 1931-yilning 10-iyulida Kanadaning Ontario provinsiyasida tug‘ilgan. Otasi fermada ishlagan, onasi maktab o‘qituvchisi edi. Birinchi hikoyasi — «Soya o‘lchovlari»ni 1950-yilda yozgan.
1977-yildan boshlab uning asarlari nufuzli New Yorker jurnalida chop etilishni boshlagan. 1980 va 1990-yillarda Manro asarlari to‘plami har to‘rt yilda bosib chiqarilgan. Uning asarlari inglizzabon dunyoda juda ham ommalashgandi.
Yozuvchining so‘nggi — «Hayotdan ham azizroq» to‘plami 2012-yilda chop etilgan. Elis Manro Kanadaning Nobel mukofotini qo‘lgan kiritgan ilk fuqarosi sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter