Vazirlik tabiat qo‘ynida dam oluvchilarga murojaat qildi
Ayni damda kunlar isib, hamyurtlarimizning shahar chekkalarida, ochiq hududlarda dam olish holatlari ko‘paymoqda. Bu esa o‘z navbatida ayrim ko‘ngilsiz holatlarga sabab bo‘lmoqda, ya’ni dam olish maskanlarida chiqindilarni tashlab ketish, Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni uzish, olov yoqish, atrof-muhitni ifloslantirish holatlari ko‘paymoqda.
Shu munosabat bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi dam olishga chiqqan hamyurtlarimizni quyidagilarga amal qilishga chaqiradi:
— hosil bo‘lgan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish;
— kul va yonuvchi moddalarni o‘chirish;
— yashil zonalarda o‘simliklarni payhon qilmaslik;
— Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar, jumladan, lolalarni noqonuniy termaslik;
— yovvoyi hayvonlarga duch kelganda ortiqcha harakat qilmaslik, ularga ozor bermaslik.
Diqqat! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilsa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan jazo choralari qo‘llaniladi.
Dam olish maskanlarida turli ekologik huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, bu haqda Ekologiya vazirligi (71 207-11-07), Ichki ishlar organlari yoki Milliy gvardiyaga murojaat qiling.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter