Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tasdiqlandi
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xo‘jamov Bobur Alisher o‘g‘li – Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Yangi investorlarga hamkorlik qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Avvalroq Sardoba tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Mirzayev Akmal Arziyevich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter