O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
8-may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisliklarida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Unda, o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Jaloliddin Hamroqulov o‘rniga Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida, Zayniddin Eshonqulov 1976-yilda tug‘ilgan. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Shuningdek, Misr Arab Respublikasidagi «al-Azhar» universiteti malaka oshirish kursini o‘tagan.
U mehnat faoliyati davomida Toshkent shahridagi «Hofiz Ko‘hakiy», «Imom Buxoriy» jome masjidlarida imom-xatib va O‘zbekiston musulmonlari idorasida turli vazifalarda xizmat qilgan. 2014-yildan buyon esa O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi va Payariq tumani «Imom Buxoriy» masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter