Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tanqid bilan ishdan olingan hokim yangi lavozimga tayinlandi

Tanqid bilan ishdan olingan hokim yangi lavozimga tayinlandi

Xudoyberdiyev Nurshod Nurmamatovich Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Nurshod Xudoyberdiyev 1983 yilda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on  tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2004 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.

Namangan viloyati hokimligi tomonidan berilgan rasmiy xabarda Nurshod Xudoyberdiyev 2019 yildin 2024 yil avgust oyiga qadar Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimi lavozimida ishlagani aytiladi.

Prezident tomonidan shu yilning 17 iyulida o‘tkazilgan yig‘ilishda faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan o‘n nafar hokim ishdan olingandi. Ular orasida Mingbuloq tumani hokimi Nurshod Xudoyberdiyev ham bor edi.

Sobiq hokim 2020 yili ham so‘kong‘ichligi bilan tilga tushgan va qattiq ogohlantirilgandi.

Qayd etilishicha, mazkur tayinlov Qishloq xo‘jaligi vazirining tegishli buyrug‘i bilan amalga oshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring