G‘ayrat Do‘stov sud zalidan ozodlikka chiqarildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida fuqaro G‘ayrat Do‘stovga oid ish ko‘rildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahar sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha apellyasiya instansiyasi zapravkada gaz yo‘qligidan shikoyat qilgan fuqaroni ozod qilish bo‘yicha qaror chiqardi.
Sud dastlabki instansiya qarorini qisman bekor qildi. 15 sutka qamoq jazosi 8 sutkaga o‘zgartirilib, muddat to‘liq o‘talgan hisoblandi. Fuqaro ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, G‘ayrat Do‘stov 26 dekabr kuni qamoqqa olingani ma’lum bo‘lgan va bu qator muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter