Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat o‘rmon xo‘jaligi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Davlat o‘rmon xo‘jaligi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro P.D. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqarolar A.D. va X.N.ga Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligiga tegishli yer maydoni hududidan uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida ajratilgan 2 gektar yer maydonini fuqaro F.Sh.ga 61 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, yer maydoni hujjatlarini tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.   

Shu kabi, Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.T. fuqaro A.P.ning yaqin qarindoshiga Asaka tumani “Yoshlar sanoat zonasi” hududidan ajratilgan 5 sotix yer maydonini go‘yoki tuman hokimligida ishlovchi tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Konimex tuman bulimi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.B. auksion savdosi orqali sotib olgan Qiziltepa tumanidagi 3 sotix yer maydonini hamda ushbu hududga tutash yana 4 sotix yer maydonini fuqaro X.P.ga 15 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida yer maydoni hujjatlarini 4 000 AQSh dollari evaziga rasmiylashtirib berishini va’da qilib, jami 19 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.A. fuqaro A.B.ning ishonchiga kirib, unga Yangibozor tumani “Xalqobod” massivida joylashgan hokimlik zaxirasidagi 6 sotix maydonini go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari yordamida hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishi evaziga 1 000 AQSh dollari va 17,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring