Ruhiy xasta kishining uyini «pullavorgan» notarius aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda aniqlanishicha, Qibray tumani 1-sonli davlat notarial idorasi notariusi lavozimida ishlagan Z.Ch. fuqaro S.G. va boshqalar bilan oldindan til biriktiradi.
So‘ng, Toshkent viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanserida majburiy davolanayotgan fuqaro V.ning Chirchiq shahri, 1-kichik tumanida joylashgan xonadonini 15.11.2019 yilda hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan sotib yuborishadi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter