Gulnora Karimova olib chiqib ketgan pullar va oltinlar...
Adliya vazirligida Gulnora Karimova va sheriklarining xorijdagi aktivlarini qaytarish bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda G.Karimovaning avvalo Shveysariyadagi (eng ko‘p aktivlar shu davlatda), qolaversa, boshqa mamlakatlardagi aktivlarini haqida so‘z bordi.
Shveysariya
Undirilishi lozim bo‘lgan jami summa taqriban 686 million AQSh dolllarga teng.
Hozirda uning 131 mln dollari qaytarilmoqda va ta’lim hamda sog‘liqni saqlash sohalariga yo‘naltiriladi. Ushbu jarayonni nazorat qilish uchun xalqaro tashkilotlar, NNTlar, jurnalist va blogerlardan iborat kengash tuzilgan.
Boshqa davlatlardagi aktivlar:
Fransiya
2020 va 2021 yillarda Parij yaqinidagi 2 ta qasr sotilishidan 20 million AQSh dollariga teng mablag‘ O‘zbekistonga qaytarildi.
Belgiya
Bu mamlakatda ham uyushga njinoiy guruhga tegishli aktivlar joylashgan. Belgiyada tergov jarayoni tugamaganligi sababli (tergov siri), ushbu aktivlar haqida ma’lumot oshkor qilinmayapti.
Buyuk Britaniya
10 million funt sterling miqdoridagi mablag‘lar va 3 ta ko‘chmas mulkning taqdiri Londonning Oliy sudida ko‘rib chiqish jarayonida.
Latviya
Aktivlar 15 million AQSh dollariga teng mablag‘lar, 850 unsiyaga (26 kg.) teng oltin sertifikatlari hamda Riga shahrida joylashgan madaniy-ko‘ngilochar majmuadan tashkil topgan.
Biroq, afsuski, bu boradagi barcha ishlar ham osonlikcha amalga oshayotgani yo‘q. Masalan, Latviyadagi yuqoridagi aktivlarni qaytarishda murakkabliklar yuzaga kelmoqda. Shunga qaramay, ushbu davlatdagi aktivlarni qaytarish bo‘yicha ishlar qat’iy izchillik bilan davom ettirilmoqda.
Rossiya
2021 yil noyabr oyida Moskva shahrida joylashgan aktivlarni (6 ta xonadon) O‘zbekiston daromadiga o‘tkazilishi haqida Moskva shahar sudining qarori chiqarilgan.
Hozirgi paytda, ushbu ko‘chmas mulk ob’yektlarini Rossiya sud ijrochilari tomonidan sotish jarayoni davom etmoqda. Sotish natijasida kelib tushgan pul mablag‘lari O‘zbekiston va Rossiya foydasiga teng ulushlarda bo‘linadi.
Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikromovning ma’lum qilishicha, jinoiy aktivlarning umumiy qiymati qariyb 1,3 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi.
O‘z navbatida, hozirgi kunga kelib, mazkur pullar 14,3 trillion so‘mni tashkil etib, ularni hisobiga 1400 tadan ortiq maktablar qursa bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter