Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Boxo zavxoz» o‘ta xavfli retsidivist deb topildi

«Boxo zavxoz» o‘ta xavfli retsidivist deb topildi

O‘tgan yili dekabr oyida o‘tkazilgan reyd chog‘ida qo‘lga olingan Bahodir Sultonov, Niyoz Ibodov va Lutfilla Umarovlarga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Toshkent shahar IIBB tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida olib borilgan tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, bir guruh shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudining 19 aprel kunidagi hukmiga ko‘ra 1972 yilda tug‘ilgan Umarov Lutfilla Rixsillayevich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan aybli deb  topilgan. Sud tomonidan unga nisbatan olti yil ikki oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudining 16 may kunidagi hukmiga ko‘ra, 1954 yilda tug‘ilgan Ibodov Niyoz O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybli deb  topilgan. Sud tomonidan unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanib, to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

1969 yilda tug‘ilgan, «Boxo zavxoz» va «Terminator» laqablari bilan tanilgan Sultonov Bahodir O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybli deb  topilgan. Sud tomonidan unga Jinoyat kodeksining o‘n yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring