Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Andijon» futbol klubi a’zosiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

«Andijon» futbol klubi a’zosiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Joriy yilning 11 avgust kuni Chilonzor tumani «Bunyodkor» stadionida «Bunyodkor» — «Andijon» jamoalari o‘rtasida futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

«Andijon» futbol klubi a’zosi Marlen Ch. stadionning VIP bo‘limida o‘yinni tomosha qilgan. Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng, soat 22:05 da futbolchi VIP bo‘limi orqali ichkariga kirishga uringan. Maxsus ruxsatnomaga (beydjik) ega bo‘lmagan fuqarodan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi uning qayerga ketayotganligini, chiqish uchun boshqa yo‘lakdan foydalanishi zarurligini aytgan. Ammo fuqaro Marlen Ch. harbiy xizmatchining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, xizmat faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, uning yuz qismiga qo‘li bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring