Yangiyo‘llik shaxs bolasini nega ayovsiz qiynagani ma’lum bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi o‘z farzandlarini qiynoqqa solayotganligi haqida videoxabar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, 2022 yilning sentyabr oyida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani «Guliston» mahallasida yashovchi 30 yoshli A.N. (erkak) oilaviy kelishmovchiliklar turmush o‘rtog‘i N.F.dan o‘ch olish maqsadida 2 yoshli farzandini muttasil ravishda turli qiynoqlarga solib, ushbu jarayonni uyali telefon apparatiga videoga olib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 13 may kuni Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi «a» bandi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter