Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Marg‘ilonda bir oilaning 6 a’zosi jonsiz holda topildi

Marg‘ilonda bir oilaning 6 a’zosi jonsiz holda topildi

Foto: Xabar.uz

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida bir oilaning 6 nafar a’zosi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga tayanib «Daryo» ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 26 yanvar kuni soat 12:30 larda Marg‘ilon shahar «Vatan» MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonda istiqomat qilib kelgan er-xotin N.M. (1967 yilda tug‘ilgan) va Z.M. (1970 yilda tug‘ilgan), ularning qizi D.I. (1994 yilda tug‘ilgan), nabiralari S.M. (2019 yilda tug‘ilgan), M. 2017 yilda tug‘ilgan) va M. (2021 yilda tug‘ilgan) yashash xonadonida is gazidan zaharlanib, vafot etgan.

Ko‘zdan kechirish davomida marhumlar istiqomat qilgan xonadon uch xonadan iborat bo‘lib, xonadonning yopiq ayvon (balkon) qismiga o‘rnatilgan, chet elda ishlab chiqarilgan «Vaillant» rusumli isitish qozoni («kotyol»)dan tashqariga chiqarilgan mo‘risi qo‘lbola, polietilendan ishlangan bo‘lib, mo‘rini xonadan tashqariga chiqish qismidagi bir-biriga kirishgan joyi qizish hisobiga ochilib qolishi natijasida xonaga is gazi to‘planib qolgani ma’lum bo‘lgan.

Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, ko‘zdan kechirishda isitish qozonidan nostandart holatda mo‘ri tashqariga chiqarilgani va natijada polietilendan ishlangan mo‘ri qizishi natijasida kirishgan joyidan chiqib ketishi oqibatida, is gazi nazoratsiz, xonadon ichkarsiga tarqalishiga sababchi bo‘lgani ko‘rsatilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, marhumlarning o‘limi is gazidan o‘tkir zaharlanish, o‘tkir yurak nafas yetishmovchiligi oqibatida yuzaga kelganligi aniqlangan. Hozirda tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring