Bo‘stonliqda fuqaro chuqurga tushib ketdi
FVV qutqaruvchilari tomonidan chuqurga tushib ketgan shaxs chiqarib olindi.
Joriy yilning 2 oktyabr kuni soat 21:45 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani G‘azalkent shahar FVBga, Bo‘stonliq tumani Tovoqsoy qo‘rg‘oni «Yoshlik» mahallasida joylashgan uylardan biridagi chuqurga bir nafar fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketganligi bo‘yicha xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan FVV qutqaruvchilari zudlik bilan joyiga yetib borib, zaruriy qutqaruv anjomlari yordamida fuqaroni chuqurdan chiqarib olgan va birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va shifokor nazoratida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter