Andijonda bitiruvchilarga haddan tashqari ko‘p oltin medal berildi

2018-2019 o‘quv yilida 2.555 nafar maktab bitiruvchilari oltin medal bilan, 2.502 nafar o‘quvchilar kumush medal bilan tamomlagan.
E’tiborli jihati Andijonda haddan tashqari ko‘p oltin medal berilgan — naq 736 ta! Kumush medal ham juda ko‘p — 656 ta. Jami medallarning 28%i Andijonda berilgan.
Yoki Andijon o‘quvchilari juda bilimli, yoki yana boshqa sabab bordir.
Maktabning oltin va kumush medallari hamda litsey/kollejning qizil diplomi OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz bermaydi.
Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии
Вход
Заходите через социальные сети
FacebookTwitter