Мобильное приложение Xabar.uz для Android устройств. Скачать ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Скачать ×

E’tirozlarga e’tiroz: «Lukoyl»dan 600 million qarz, pulli yo‘llar va boshqa mulohazalar...

E’tirozlarga e’tiroz: «Lukoyl»dan 600 million qarz, pulli yo‘llar va boshqa mulohazalar...

Foto:«India Education»

Bu maqolam uchun «o‘sha e’tirozchi»lardan «o‘sha e’tiroz»lar yog‘ilsa ajablanmayman. Sababi yuzaki qarash, boqimandalik, har bir narsada «xalq» degan sarhadsiz tushunchani qo‘llab, o‘zidan tashqari hammani ayblash, imkon qadar tekin olishga intilish hissi shu qadar qon-qonimizga singib ketganki, hech bir holatni ob’yektiv tahlil qila olmaymiz.

1. O‘zbekiston «Lukoyl»dan gaz uchun 600 mln. dollar qarz bo‘lib qolibdi...

E’tirozlar daryosi: «Bu bechora xalq hech bir yorug‘lik ko‘rmadi... O‘zimizning gaz uchun o‘zimiz qarzmiz... «Lukoyl»ga o‘xshaganlar qonimizni so‘rib yotibdi... 600 mln. dollar xalqning puli ketdi...

E’tirozlarga javob: Tasavvur qiling, o‘zingiz foydalanishni eplamagan katta yer maydoningiz bor. Bekor yotibdi, biror daromad olishga bilimingiz ham, kuchingiz ham yetmaydi. Kimdir olib ishlatsa, sizga ham, unga ham foydaligini bilasiz. Shunda bir odam (bu o‘rinda investor) keldida «aka, men shu yeringizda dehqonchilik qilaman. Suvingizga, yo‘lingizga pul to‘layman. Yerning ijara haqini ham beraman. Istasangiz hosilning bir qismini bozordan arzon narxda birinchi navbatda sizga sotaman» desa va shunga kelishsangiz. Suv uchun, yo‘l uchun pul undirdingiz. Ijara haqini ham qurtday sanab oldingiz.

Hosil pishganda bir-ikki arava olib ketsangiz u indamasa, tashiyverganingizdan keyin «hoy aka, hech bo‘lmasa kelishganimizday imtiyozli narxda pulini bering» deganida – «qanaqa noinsofsan, o‘z yerimdagi hosil uchun pul so‘raysanmi? Qani oqibat, e odamning har narsa bo‘lgani yaxshi!» deb malomat qilsangiz, o‘zingizni haq deb hisoblaysizmi?

2. Test sinovlari pulli bo‘larmish... Bu g‘irt kambag‘alni talashku! Qanday qilib kelajak avloddan pul olish mumkin?!

E’tirozlarga javob: IELTS, TOEFL degan tizimlarda test topshirish uchun navbatda turib milliondan ortiq pullarni to‘lagan «xalq», bolasi kontraktga ilinsa, xursandchiligidan ichiga sig‘may ketib, 10-12 millionlarni jaraqlatib sanab beradigan «xalq», eng alam qilarlisi – imtihondan o‘tishning qing‘ir yo‘li topilsa, 15-20 ming «ko‘ki»ni ayamaydigan «xalq» davlatga haqqoniy yo‘l bilan 200 minglik tushumni, u ham shu tizim taraqqiyoti uchun ishlatiladigan mablag‘ni malomat qilsa qiziq tuyilarkan...

Yanayam qizig‘i, imtihondan bepul o‘tish imkoniyati bor - epla, o‘t, pul to‘lama!

Yo‘q! O‘n yildan ortiq test topshirgan abituriyentga (chindan shunday abituriyent bor) davlat yana tep-tekin sharoit qilib berishi shart!

3. Pulli yo‘llar qurilarmish. Xalqni shilishning shu yo‘lini ham topishibdida...

E’tirozlarga javob: Shilinma, «xalq»im! Tekin yo‘llar ham saqlanib qoladi. Faqat qulaylik istasang pul to‘laysan xolos. Chunki u yo‘lni qaysidir investor umid bilan, daromad ilinjida quradi va unda faqat istaganlar (!) yuradi. Xorij yo‘llariga havas qilamiz, ammo o‘sha xorijda eng sifatli yo‘llar aynan pulli yo‘llar ekanligini tan olgimiz kelmaydi? «Kaptiva»ni minamiz, «Malibu»ni uchiramiz. Lekin qachondir pulli yo‘l qurilsa, o‘sha yo‘lga 2-3 ming to‘lashimiz mumkinligini eslab hozirdan dahshatga tushamiz...

Qani mantiq?!

Комментарии 0

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети