Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Islom Xalilovni medal bilan taqdirladi 

Putin Islom Xalilovni medal bilan taqdirladi 

Foto: Match TV

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Krokus Siti Holl»dagi terakt chog‘i odamlarga yordam bergan uch nafar o‘smirni «Halok bo‘layotganlarni qutqargani uchun» medali bilan taqdirladi.

Tegishli farmon huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.

Medallar «Ekstremal sharoitlarda odamlarni qutqarish uchun mardlik va qat’iyat ko‘rsatgani uchun» Krasnogorskdagi maktab o‘quvchilari Artyom Donskov va Islom Xalilov hamda RANXiGS qoshidagi kollej o‘quvchisi Nikita Ivanovlarga topshiriladi.

Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Holl» majmuasida garderobchi bo‘lib ishlagan 15 yoshli Islom Xalilov 22-mart kungi qonli terakt payti 100 dan ziyod insonni qutqargandi. Islom Xalilov Rossiyada tug‘ilgan. Ota-onasi Qirg‘izistonning Jalolobod va O‘sh viloyatlaridan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring