Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oy yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan obyektlar ro‘yxatiga kiritildi

Oy yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan obyektlar ro‘yxatiga kiritildi

Jahon yodgorliklar jamg‘armasi (WMF) Oyni yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritdi. Aytilishicha, bo‘lg‘usi tijoriy reyslar Yerning tabiiy yo‘ldoshiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

The Guardian yozishicha, Jahon yodgorliklar jamg‘armasi odatda Yerdagi himoyaga muhtoj obyektlarni ro‘yxatga oladi. Bu yil ro‘yxatga, Oy bilan birga, And tog‘laridagi ispanlargacha bo‘lgan yo‘l tizimi, Turkiyadagi Antakya (Antioxiya), Yaponiyadagi zilziladan talafot ko‘rgan Noto yarimoroli va boshqalar — jami 25 ta obyekt kiritildi.

Jahon yodgorliklar jamg‘armasi ro‘yxatidagilarning aksariyati Ukraina va G‘azo kabi urush kechayotgan hududlarda joylashgan yoki iqlim o‘zgarishlari tufayli xavf ostida qolgan obyektlardir.

Eslatib o‘tamiz, 15-yanvar kuni SpaceX Oyga qo‘nadigan ikkita kemani uchirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring