Olmaotada BMTning Markaziy Osiyo va Afg‘oniston taraqqiyoti markazi ochiladi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida BMTning Markaziy Osiyo va Afg‘oniston taraqqiyoti markazi ochiladi.
«Bugun (4-mart kuni) BMT Bosh assambleyasi Olmaota shahrida BMTning Markaziy Osiyo va Afg‘oniston uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha mintaqaviy markazini tashkil etish to‘g‘risidagi rezolyusiyani ko‘pchilik ovoz bilan qabul qildi, 152 davlat ushbu rezolyusiya hammuallifi hisoblanadi», — dedi Qozog‘iston prezidentining matbuot kotibi Ruslan Jeldibay.
Uning ta’kidlashicha, bu Qozog‘iston uchun muhim tashqi siyosiy yutuqdir.
Prezident To‘qayev Qozog‘iston tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan barcha davlatlarga minnatdorlik bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter