Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Grenlandiyaning mustaqilligi masalasi referendumga qo‘yilishi mumkin

Grenlandiyaning mustaqilligi masalasi referendumga qo‘yilishi mumkin

Foto: Shutterstock

Grenlandiyaning hukmron Siumut («Olg‘a») partiyasi orolning mustaqilligi masalasini referendumga qo‘ymoqchi. Partiya yetakchisi Erik Yensen Danmarks Radioga bergan intervyusida 11-martda o‘tkaziladigan parlament saylovidan so‘ng referendum bosh masalaga aylanishini aytdi.

«Albatta, Grenlandiya xalqi bilan yaqin hamkorlikda buni amalga oshiramiz. Bu juda muhim. Nima uchun ovoz berishimiz borasida hech qanday shubhaga o‘rin yo‘q», — dedi siyosatchi.

Yensenning aytishicha, partiya o‘z-o‘zini boshqarish to‘g‘risidagi qonunning Grenlandiya va Daniya hukumatlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, orolga mustaqillik berilishi imkoniyatlari to‘g‘risidagi 21-moddasini faollashtirishni rejalashtirgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp orolni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lganidan so‘ng Grenlandiya mustaqilligi borasidagi mubohasalar yanada o‘tkirlashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring