Gretsiyaning yangi prezidenti qasamyod qildi

Gretsiya parlamentining sobiq raisi Konstantinos Tasulas mamlakat prezidenti lavozimida ish boshladi. U Katerina Sakellaropuluning o‘rnini egalladi.
Tasulas fevral oyida parlament tomonidan yangi prezident etib saylandi. Ovoz berishning to‘rtinchi turida parlamentning 300 nafar a’zosidan 276 nafari qatnashdi. Nomzod g‘olib bo‘lishi uchun 151 ovoz yetarli edi. Tasulas 160 ta ovoz to‘pladi. Hukmron «Yangi demokratiya» partiyasining barcha 156 nafar deputati hamda sobiq bosh vazir Antonis Samaras va uch nafar mustaqil deputat Tasulas uchun ovoz berdi.
Gretsiya prezidenti umuxalq yo‘li bilan emas, balki parlament tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
OAV xabarlariga ko‘ra, Tasulasning ilk rasmiy tashrifi Olimpiya shahriga bo‘ladi. U dushanba kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasining yangi prezidenti saylovida qatnashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter