Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Archa tepasidagi yulduz – boyo‘g‘li

Archa tepasidagi yulduz – boyo‘g‘li

foto: 120su

Arlington (Virjiniya, AQSh) xonadonlarning birida archa ustiga boyo‘g‘li joylashib oldi. Archada paydo bo‘lgan bu  g‘alati bezakni ko‘rgan uy egasi o‘z ko‘zlariga ishonmadi.

Qush xuddi Santa Klausga o‘xshab uyga mo‘ridan kirib keldi, faqat uning qorbobodan farqi sovg‘a xaltasi yo‘q edi.  Keyin o‘zini archa yulduzi hisoblab bezatilgan archa tepasiga joylashdi. Ya’ni  qush daraxtga osilgan yulduzni yon tomonga siljitdi.  

Ko‘p o‘tmay Hayvonlarni himoya qilish markazi vakillari boyo‘g‘lini daraxtdan olish va tabiatga qo‘yib yuborish uchun xonadonga tashrif buyurishdi. Boyo‘g‘li endi tabiat qo‘ynidagi daraxtlardan o‘ziga boshpana topganiga shubha yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring