Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Qrimni Rossiya deb tan olishni taklif qiladi – WP

AQSh Qrimni Rossiya deb tan olishni taklif qiladi – WP

23-aprel kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda Ukraina va Yevropa delegatsiyalari Qrimni Rossiya deb tan olish va front chizig‘ini muzlatish bo‘yicha «AQSh taklifiga duch kelishadi».

Bu haqda The Washington Post bir necha manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Bloomberg avvalroq Qo‘shma Shtatlar tinchlik kelishuvi doirasida Qrimni Rossiya deb tan olish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini, The Wall Street Journal nashri esa bu taklifni Amerika tomoni Yevropa ittifoqchilari va Ukrainaga 17-aprel kuni Parijdagi muzokaralarda yetkazganini yozgan edi.

The Washington Post manbalari ham AQSh taklifi Vashingtonning Qrimni Rossiya hududi sifatida rasman tan olishini va uzoq muddatda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni o‘z ichiga olganini aytgan. Buning evaziga Moskva Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishi kerak.

Ukraina prezidenti maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, Amerika takliflarida «Kiyev rozi bo‘lgan va rozi bo‘lmagan fikrlar mavjud».

Ukraina ittifoqchilari, WP yozganidek, hududiy imtiyozlar evaziga xavfsizlik kafolatlari va rekonstruksiya dasturlarini olishga umid qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring