Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shon Beyker «Oskar»ning 4 ta haykalchasini qo‘lga kiritdi

Shon Beyker «Oskar»ning 4 ta haykalchasini qo‘lga kiritdi

Amerikalik kinorejissyor Shon Beyker «Anora» filmi bilan Los-Anjelesda o‘tgan «Oskar» kinomukofoti bilan taqdirlash marosimida, vaqtlar Uolt Disney qo‘lga kiritganidek, 4 ta (eng yaxshi ssenariy, montaj, rejissyorlik va eng yaxshi film uchun) haykalchaga ega chiqdi.

Shunday qilib, mukofotning asosiy g‘oliblari:

  • «Eng yaxshi film» – Shon Beyker, «Anora»;
  • «Eng yaxshi rejissyorlik ishi» – Shon Beyker, «Anora»;
  • «Eng yaxshi aktyor» – Edrian Broudi, «Brutalist»;
  • «Eng yaxshi aktrisa» – Mayki Medison, «Anora»;
  • «Eng yaxshi ikkinchi darajali erkak roli» – Kiran Kalkin, «Haqiqiy og‘riq»;
  • «Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol roli» – Zoi Saldana, «Emiliya Peres»;
  • «Eng yaxshi ssenariy» va «Eng yaxshi montaj» – Shon Beyker, «Anora»;
  • «Eng yaxshi to‘liq metrajli animatsion film» – «Oqim»;
  • «Eng yaxshi grim va soch turmaklari» – «Substansiya»;
  • «Eng yaxshi hujjatli film» – «Boshqa yer yo‘q».

Ma’lumot uchun, eng yaxshi animatsion film deb topilgan Gins Zilbalodisning «Oqim» filmi Latviya tarixida birinchi «Oskar»ni keltirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring