Migrantning bolasi rus tili imtihonidan o‘ta olmasa maktabga qabul qilinmaydi

Rossiya ta’lim vazirligi migrantlarning farzandlari uchun yozma va og‘zaki testlarni tayyorladi. Bu haqda vazirlikka asoslanib TASS xabar berdi.
«Birinchi sinflarga qabul qilinayotganlardan tashqari, barcha o‘quvchilardan yozma va og‘zaki test olinadi», — deyiladi ta’lim vazirligi matbuot xizmati bayonotida.
Aniqlik kiritilishicha, bo‘lg‘usi birinchi sinflar o‘quvchilari faqat og‘zaki imtihondan o‘tkaziladi.
Maktabga qabul qilinish uchun migrantlarning farzandlari «qoniqarli», ya’ni 3 balldan kam baho olmasliklari shartligi belgilangan.
Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin testga 30 foiz to‘g‘ri javob berish muvaffaqiyatli sanalmasligini ta’kidlaganidan so‘ng shu qarorga kelingan. Yangi qonunga ko‘ra, migrantlarning rus tili bo‘yicha testdan o‘ta olmagan bolalari Rossiya maktablariga qabul qilinmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter