Svetlana Osipova Olimpiada kumush medalini qo‘lga kiritdi
Olimpiya o‘yinlarida ilk bor o‘zbekistonlik ayol taekvondochi medalli bo‘ldi.
+67 kg vaznda Svetlana Osipova hal qiluvchi bellashuvda jahon va Yevropa chempioni, fransiyalik Alte Lorenga 0:2 hisobida (0:3, 3:3) imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Sportchimiz finalga qadar britaniyalik va koreyalik nomdor raqiblarni yengib o‘tgandi.
Taekvondochilarimiz Parij olimpiadasidan 2 ta medal bilan qaytishmoqda. Erkaklar o‘rtasida Ulug‘bek Rashitov oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter