Putin Aliyevdan kechirim so‘radi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotda Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida yuz bergan yo‘lovchi samolyoti halokatini batafsil muhokama qildi.
Muloqot Rossiya tomoni tashabbusi bilan amalga oshirilgan.
Putin fojia Rossiya havo hududida yuz bergani sababli uzr so‘rab, qurbonlarning oilalariga chuqur va samimiy hamdardlik bildirgan.
Suhbatda ta’kidlanishicha, jadval bo‘yicha aniq yo‘nalishda uchayotgan Ozarbayjon havo yo‘llari samolyoti Grozniydagi aeroportga bir necha marta qo‘nishga harakat qilgan. Bu paytda Grozniy, Mozdok va Vladikavkazga Ukraina jangovar dronlari hujum qilayotgani bois Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi ishlayotgan bo‘lgan.
Hodisa yuzasidan Rossiya tergov qo‘mitasi Jinoyat kodeksining 263-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochgan, harbiy va harbiy bo‘lmagan mutaxassislar tergovga jalb etilgan.
Ayni paytda Ozarbayjon bosh prokuraturasining ikki xodimi Grozniyda Rossiya bosh prokuraturasi va Tergov qo‘mitasi bilan hamkorlikda ishni o‘rganmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter