Birgalikda 10 yil: Mobiuz mobil operatori faoliyatining o‘n yilligini nishonlamoqda
Mobiuz 1 dekabr – tug‘ilgan kuni munosabati bilan amaldagi va yangi abonentlariga yoqimli yangiliklarni taqdim etmoqda.
Kompaniya tashkil etilgan paytda o‘z oldiga oddiy va tushunarli maqsad qo‘ygandi. Operator nafaqat sifatli aloqa xizmatlarini taqdim etish, balki har bir abonentning kundalik hayotining bir qismi bo‘lish sari intilib keldi.
Mobiuz yillar davomida millionlab odamlarning ishonchli do‘stiga aylanganidan va ular uchun eng qimmatli narsa – yaqinlari, hamkasblari va do‘stlari bilan aloqada bo‘lish imkoniyatini taqdim etayotganidan faxrlanadi. Kompaniya raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi maqsadlariga erishish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Uyali aloqa – bu shunchaki texnologiya emas. Bu yaqinlar, do‘stlar va hamkasblar o‘rtasidagi aloqalardir. Bu yuzlab kilometr uzoqda bo‘lgan yaqin insonlarning ovozlarini eshitish va ularni onlayn ko‘ra olish quvonchidir. Bu – ishlash, o‘qish va orzu qilish erkinligi.
Shu nuqtai nazardan Mobiuz faoliyati o‘n yil ichida o‘sish, innovatsiyalar va millionlab birlashtirilgan taqdirlar tarixiga aylandi.
Keng qamrov: Kompaniyaning tarmog‘i O‘zbekistonning 98% dan ortiq aholi punktlarini qamrab oladi, hatto olis hududlarda ham yuqori tezlikdagi internetga kirish imkonini beradi.
Zamonaviy texnologiyalar: Mobiuz aloqani qulaylashtiradigan innovatsiyalarni joriy etib kelmoqda. VoWiFi (2024 yilda), VoLTE va ViLTE (2023 yilda), 5G (2021-2022 yillarda), eSIM (2021 yilda) va boshqa o‘z davri uchun innovatsion yechimlar bunga yorqin misoldir.
Ishonchli jamoa: Mobiuz xizmatlaridan foydalanishning har bir daqiqasini qulay qilish uchun 2 mingdan ortiq xodim tinimsiz faoliyat olib bormoqda.
Millionlab foydalanuvchilar: Mobiuzni 7,8 milliondan ortiq abonentlar tanladi, bu kompaniyaning sifat va innovatsiyalarga intilishini tasdiqlaydi.
Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash: 2,1 mingdan ortiq biznes hamjamiyati vakillari butun respublika bo‘ylab 3 mingdan ziyod savdo shahobchalarida Mobiuz dilerlik xizmatlarini ko‘rsatmoqda.
Yoshlar va sportni qo‘llab-quvvatlash: Operator homiyligidagi "Olympic Mobiuz" futbol jamoasi 2028 yilda Los-Anjelesda (AQSh) bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga futbol bo‘yicha terma jamoani tayyorlashga yordam bermoqda.
Abonentlarning sodiqligi va qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Mobiuz minnatdorlik sifatida 10 000 MB gacha bo‘lgan bayramona internet-to‘plamlarini sovg‘a qilmoqda! Hajm abonentning Mobiuz xizmatlaridan qancha vaqt foydalanayotganiga bog‘liq.
Lekin bu hali hammasi emas! 1-2 dekabr kunlari, shuningdek, butun dekabr davomida kompaniya yangi aksiyalar, tanlovlar, ulanish uchun raqamlar va boshqa yoqimli syurprizlar bilan bog‘liq ko‘plab yangiliklarni e’lon qiladi. Barcha ma’lumotlar tezkorlik bilan, shu jumladan MyMobiuz Telegram-kanalida joylashtirilib boriladi.
10 yil – bu faqat boshlanishi. Mobiuz xizmatlar sifatini yaxshilash va abonentlarning o‘sib borayotgan talablariga javob berish uchun zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etishda davom etadi. Sun’iy intellekt va raqamlashtirish orqali kompaniya abonentlarga yanada qulay xizmatlar va shaxsiy yondashuvni taklif qiladi.
Mobiuz aloqa va qo‘shimcha xizmatlarni boshqarishni yanada qulaylashtiradigan raqamli platformalar va xizmatlarga jiddiy e’tibor qaratadi. Operator yangi vositalar va texnologiyalardan foydalanishni bosqichma-bosqich kengaytirib, mamlakatda raqamli muhitni rivojlantirishga hissa qo‘shishda davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter