Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda ta’lim xodimlariga majburiy chipta sotgan rasmiy jazolandi

Namanganda ta’lim xodimlariga majburiy chipta sotgan rasmiy jazolandi

Ijtimoiy tarmoqlarda uyushtirilayotgan bayram konsertiga Namangan tumanidagi  maktab va davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlariga majburiy ravishda chipta sotilayotgani iddao qilingan xabar tarqalgan edi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati, bergan ma’lumotga ko‘ra, holat yuzasidan tezkor ishchi guruhi tuzilib, o‘rganish ishlari olib borilgan.

«Jarayonda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi tomonidan o‘zboshimchalik bilan chiptalar sotilgani aniqlandi. MMTB xodimiga «Xayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi umumta’lim muassasalarida majburiy, asossiz va qonunga zid ravishda har qanday pul mablag‘lari yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymasligini  bildiradi.

Hozirda ta’lim muassasalari xodimlariga pullari qaytarib berildi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring