Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniyada Gulnora Karimovaga tegishli 3 ta mulk musodara qilindi

Buyuk Britaniyada Gulnora Karimovaga tegishli 3 ta mulk musodara qilindi

Kecha, 8 avgust kuni Qirollikning Jiddiy fribgarlik ishlarini o‘rganuvchi byurosi (Serious Fraud Office, SFO) tomonidan Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan uchta hashamatli mulkni musodara qilish haqida da’vo Buyuk Britaniya Oliy sudi tomonidan qanoatlantirildi.

20 million funt sterlingdan oshishi aytilayotgan 3 ta mulkning ikkitasi Londonning nufuzli Belgravia tumanida joylashgan, yana bittasi esa Surreydagi uy hisoblanadi.

Rasmiy bildiruvda SFO, O‘zbekistonning sobiq prezidenti qizi bo‘lgan Karimova ushbu mulklarni korrupsion faoliyati ortidan sotib olganini ta’kidlaydi. Shuningdek, byuro Karimovaning 2004-2012 yillar davomida telekommunikatsiya kompaniyalaridan O‘zbekiston bozoriga kirishiga yordam berish evaziga yuzlab million dollar pora olganini qistirib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimova 2019 yil bahoridan beri jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tamoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring