Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

SSV dolzarb masalada «ishonch telefonlari»ni e’lon qildi

SSV dolzarb masalada «ishonch telefonlari»ni e’lon qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot tizimida korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurashish, turli byurokratik va inson omili bilan bog‘liq to‘siqlarga barham berishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ma’luim qildi.

Xususan, vazirlik qoshida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlari bo‘yicha tezkor xabar berish, xato-kamchiliklarning o‘z vaqtida oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida respublika bo‘yicha yagona 1203 raqamli «Ishonch telefoni» faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

«Hurmatli yurtdoshlar!

Agar Siz sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga duch kelsangiz, 71 241-10-65 yoki 1203 qisqa raqamli «Ishonch telefoni»ga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Murojaatlar ish kunlari soat 08:00 dan 20:00 ga qadar qabul qilinadi va ma’lumotlarning sir saqlanishi to‘liq kafolatlanadi.

Bundan tashqari, fuqarolar o‘z murojaatlarini quyidagi platformalar orqali ham yo‘llashi mumkin:

  • vazirlikning yangi ishga tushirilgan rasmiy telegram boti (https://t.me/ssvantikor_bot);
  • vazirlik qoshida kunu tun faoliyat olib boruvchi "1003" qisqa raqamli “Sall-markaz”;
  • vazirlikning info@ssv.uz elektron pochta manzili.

Unutmang! Sog‘liqni saqlash vazirligi har qanday korrupsion holatga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladi va fuqarolarning hech bir murojaati e’tibordan chetda qolmaydi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring