Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muvaffaqiyat formulasi: hammasi – yaxshilikka!

Muvaffaqiyat formulasi: hammasi – yaxshilikka!

Siz tashqi ta’sirlarga qanday munosabat bildirsangiz, tafakkuringiz holati ham shunga bog‘liq bo‘ladi. Bu xuddi tanovul qilayotgan taomingizga vujudingizning ko‘rsatayotgan ta’siriga o‘xshab ketadi. Sizning kun davomida oladigan ayrim taassurotlaringiz aqliy faoliyatingizga samarali ta’sir qiladi. Ayrimlari esa ko‘ngilni zaharga duchor etmasligi uchun bartaraf etilishi kerak.

Agar siz ruhiy muvozanatga erishsangiz, aqlingiz avtomatik ravishda salbiy fikrlar yoki mental ta’sirning har qanday turini rad etadi. Siz barcha mental salbiy ta’sirlar xarakteringizning tarkibiy qismiga aylanib qolmasligi uchun ularni ongli ravishda uloqtirib tashlashingiz kerak. «Uloqtirib tashlash» deganda ijobiy fikrlaydigan ongimizdan noxush fikrlarni «o‘chirib», o‘zingiz uchun yoqimli mavzuga o‘tkazish tushuniladi.

O‘Genrining birinchi va yagona jinoiy sarguzashti uni panjara ortiga tashladi va bu adiblik iste’dodini ro‘yobga chiqarib, nomini abadiylashtirdi.

Yoshligida tushkunlik holatlarini boshidan o‘tkazgan Jek Londonni xuddi shu tushkunlik o‘z davrining romanlari qahramoniga aylantirdi va keyinchalik jahon adabiyoti xazinasiga qo‘shildi.

Norvegiyalik muhojir Knut Gamsun qaysi ishga qo‘l urmasin, hamma sohada muvaffaqiyatsizlikka uchrar edi. Nihoyat u umidsizlikka berilib, boshidan o‘tkazgan barcha tushkunliklarini «Ocharchilik» nomli kitobida yozishga qaror qildi. Qarangki, bu asari uchun Gamsun adabiyot sohasidagi Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. «Ocharchilik» dunyoning juda ko‘plab mamlakatlarida nashr etildi. Ushbu asari uchun olgan ulkan mablag‘ muallifni shon-sharaflarga burkadi.

Yodingizda bo‘lsin, hayotiy tajriba, u yaxshi bo‘ladimi yoki yomonmi, bundan qat’iy nazar, o‘z-o‘zicha katta ahamiyatga ega emas. Bu borada insonning munosabati muhim ahamiyat kasb etadi. Inson noxush tajriba oldida o‘zining aql eshigini yopib, uni o‘z foydasi va butun dunyo manfaati uchun manbaga aylantirishi mumkin.

Charlz Dikkensning birinchi muhabbati unga mislsiz aziyat yetkazgan. Ammo u o‘zini tomdan tashlab o‘lmadi yoki katta dozadagi uyqu dorisini ichmadi, balki javobsiz muhabbatini «Devid Kopperfild» nomli romanga aylantirdi. Bu durdona asar Dikkensning adabiyot sohasidagi yuksak martabasini belgilab berdi. Unga shon-sharaf hamda qirollar darajasidagi boylik keltirdi.

Shunday voqealar ham bo‘ladiki, biz o‘zimizni topguncha juda ko‘p tushkunlik, azob-uqubat, muvaffaqiyatsizlik va mag‘lubiyatlarni boshdan kechiramiz. Hammasidan ishonchli jihati shundaki, Garri Trumenga uning baqollik do‘koni kasodga uchraganini aytganlaridan keyin, AQSh prezidenti bo‘lasan, deyishsa, hayratga tushib qolgan edi.

Biz o‘zimiz uchun kashf etadigan kunda doimiy yo‘qotishlar degan tushuncha mavjud emas, bu biz uchun baxt-saodatdan iboratdir. Nihoyat biz ongimizdan uloqtirib tashlaydigan salbiy taassurotlar hajmi unga teng hajmdagi taassurotlar bilan almashadi, ammo ular endi ijobiy bo‘ladi.

Biz uchun baxtli kunda muvaffaqiyatsizlik hamda mag‘lubiyatlar niqobi ostida haqiqiy oq fotiha yashiringan bo‘ladi. U hayotiy yo‘limizni shu qadar o‘zgartirishga majbur etadiki, natijada baxt-saodatga erishish hamda dunyoni anglash uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘lamiz.

Viskonsinlik fermer Milo S.Jons sog‘-salomat bo‘lganida bu g‘oyalarni yetkazish nihoyat qiyin edi, albatta. Ammo bu haqda uni falajlik xastaligi yiqitib, keyinchalik millionlar keltirgan aqlini yordamga chaqirishga majbur bo‘lganini aytganingizda sizni ehtirom bilan tinglashi aniq edi.

Odamlarni mag‘lubiyat sindirganidan keyingina ularning ozchiligi o‘zini anglashga kirishishlari qiziq holat emasmi? Balki inson Yaratgan tomonidan aynan shunday bunyod etilgandir. Misning bag‘oyat katta koni umr bo‘yi oltin axtargan geolog tomonidan topilgan. Uning anjomlarini, jumladan, asbob-uskunalarini tashib yuradigan sadoqatli xachiri quduqqa tushib ketib, oyog‘ini sindirdi va jonivorni otib tashlashiga to‘g‘ri keldi. Geolog xachirning oyog‘ini chuqurdan ozod qilishga urinayotib juda ko‘p miqdorda mis rudasi yotgan konni ochishga muyassar bo‘ldi.

Esingizda bo‘lsin, sizni biror bir tushkunlik iskanjaga olsa, bu his-tuyg‘u ishingizda kulfatni yengish uchun chaqirilgan pinhona bir do‘st ish yuritayotganidan dalolat beradi.

Xullas, biz eshitadigan va duch keladigan haqiqat shuki, hammasi – yaxshilikka!

(Napoleon Xill kitobidan)

 

 

 

 

 

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring