Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston–Qozog‘iston: turizmga doir hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston–Qozog‘iston: turizmga doir hujjatlar imzolandi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Ipak yo‘lida turizm» 29-xalqaro sayyohlik yarmarkasi doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston viloyatlari o‘rtasida sayyohlik sohasida hamkorlikka doir hujjatlar imzolandi.

Jumladan, Toshkent hamda Olmaota viloyatlari, Jizzax hamda Olmaota viloyatlari turizm boshqarmalari o‘rtasida, shuningdek,  O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi va Qozog‘iston restoratorlari klublari uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi ma’qullangan.  

Hujjat imzolash marosimida qatnashgan Qozog‘istonning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov hamkorlik memorandumlari mintaqaviy robitalarni mustahkamlash, sayyohlar sonini oshirish, turizm xizmatlari sifatini takomillashtirishga xizmat qilishini aytgan.

Tomonlar hamkorlikda sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va tajriba almashishga kelishib olgan.

Ma’lumot o‘rnida,  joriy yil 16 noyabrdan Olmaota – Turkiston – Toshkent – Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha ilk temiryo‘l sayohat dasturi yo‘lga qo‘yildi. «Jibek joly» («Ipak yo‘li») deya ramziy nomlangan poyezd qatnovi ikki davlat o‘rtasida sayyohlar almashuvini yanada jonlashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, joriy yil 8 avgust kuni Ostona shahrida prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev raisligida bo‘lib o‘tgan Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisida ham ko‘plab yo‘nalishlar qatori turizm sohasidagi almashinuvlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgandi.

Co‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasida sayyohlar almashuvi kengayib bormoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 668 mingdan ziyod qozog‘istonlik tashrif buyurgan. 6 oy mobaynida Qozog‘istonga safar qilgan o‘zbekistonliklar soni esa 420 ming nafarni tashkil etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring