Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qidiruvdagi mashinaga boshqa avtoraqam taqib yurilgani ma’lum bo‘ldi

Qidiruvdagi mashinaga boshqa avtoraqam taqib yurilgani ma’lum bo‘ldi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining ijro hujjatiga ko‘ra qarzdor I.M dan undiruvchi «Namangan-Avto» MCHJ foydasiga jami 151.246.176 so‘m qarzdorlik hamda davlat foydasida 6.049.847 so‘m undirish belgilangan. Undiruvni esa garov mulki sifatida baholangan «Chevrolet Tracker» avtotransport vositaga qaratish ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur hujjat Majburiy ijro byurosi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Davlat ijrochisi tomonidan I.M kredit qarzdorligini to‘lash yuzasidan ogohlantirilgan. Biroq, berilgan ixtiyoriy muddatlar o‘tganiga qaramasdan, qarzdor qarzini to‘lamagan.

Shuningdek, ijro harakatlari davomida unga tegishli «Chevrolet Tracker» rusumli avtomashinasiga taqiq qo‘yilgan.

Kuni kecha olib borilgan tadbir davomida 2 yildan beri qidirilayotgan «Chevrolet Tracker» boshqa avtoraqam bilan harakatlanayotgani ma’lum bo‘ldi va mazkur avtomashina xatlandi, deyiladi MIB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring